O‘zbekiston aholisi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 3 kun dam oladi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.Dam olish kunlari quyidagicha belgilandi:
▪️ 9-may (juma) - Xotira va qadrlash kuni (bayram kuni);
10 may (shanba) - 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
11-may (yakshanba) - dam olish kuni.
Bu sana mamlakat tarixida alohida ahamiyatga ega. Xotira va qadrlash kuni — Vatan tinchligi va ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarga hurmat va minnatdorchilik bildirish, ularning mardligi va jasoratini e’zozlash kunidir.
