25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladi
2025-10-31
Maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlov tariflari iqtisodiy asoslangan holda, bir nechta vakolatli davlat organlari tomonidan bosqichma-bosqich va belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Tariflarni shakllantirish jarayonida xizmatlar tannarxi, ishlab chiqarish va ekspluatatsion xarajatlar, shuningdek, korxonalarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash omillari inobatga olinadi. Mazkur jarayon yakka shaxsning xohish-irodasi bilan emas, balki iqtisodiy tahlil va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Korxona xoʻjalik hisobidagi subyekt sifatida oʻz faoliyatini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida yuritadi. Shu munosabat bilan korxonaning daromad va xarajatlar balansi, asosan, aholining toʻlovlari hamda korxona tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Manba: Vazirlar Maxkamasining 26.09.2024 yildagi PF-149-son Farmoni
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

