Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-12-30

Bayram muborak bo'lsin!!!

“Maxsustrans — ishlab chiqarish boshqarmasi” Davlat korxonasi barcha yurtdoshlarimizga samimiy tabriklarini yo‘llar ekan, kirib kelayotgan Yangi yilda har bir xonadonga oilaviy baxt, mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik va farovonlik tilaydi. Yangi yil ezgu niyatlar ro‘yobga chiqadigan, yangi marralar, yutuqlar va ulkan zafarlar bilan yodda qoladigan yil bo‘lsin. Har bir kuningiz quvonchli voqealarga, qalbingiz hotirjamlikka, hayotingiz esa fayz va barakaga to‘lsin.

Korxonamiz uchun eng katta boylik — bu inson omili. Bizda lavozimidan qat’i nazar, har bir xodim qadrlanadi. Chunki har bir ishchining o‘z vazifasi, o‘z mas’uliyati va jamoa hayotida muhim o‘rni bor. Chiqindilarni yig‘ib olayotgan yuk ortuvchidan tortib, butun tizim barqarorligini ta’minlayotgan rahbariyatgacha — barchamiz yagona va ezgu maqsad yo‘lida birlashganmiz.

Bu maqsad — poytaxtimizni yanada obod qilish, aholi roziligini ta’minlash hamda halol mehnat orqali tajriba va mahoratni oshirishdir. Har bir ish kuni fidoyilik, sabr-toqat va yuksak mas’uliyat bilan o‘tmoqda. Aynan mana shu hamjihatlik, o‘zaro hurmat va jipslik korxonamizning kuchi, barqarorligi va rivojlanishining mustahkam poydevoridir.

Bugun korxonamizda mehnat qilayotgan har bir xodimni chin dildan muborakbod etamiz. O‘tayotgan yilni birgalikdagi mehnat, o‘zaro ishonch va munosib natijalar bilan yakunladik. Kelayotgan 2026 yilda ham yanada barqaror, samarali va natijador faoliyat olib borib, bir jamoa bo‘lib yangi marralarni zabt etishiga ishonamiz.

Barchangizga kasbiy faoliyatingizda barqaror rivoj, qat’iyatli qadamlar, mansab pog‘onalarida izchil o‘sish, omad va muvaffaqiyat hamroh bo‘ladigan, yorug‘ va fayzli yil tilaymiz.