Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-12-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

Joriy yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi bilan chiqdi.

Murojaatnoma avvalida Davlat rahbari so‘nggi to‘qqiz yil davomida mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida erishilgan muhim yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, ushbu davrda iqtisodiyot tubdan yangilanib, bozor munosabatlari rivojlantirildi, ijtimoiy himoya tizimi kengaytirildi hamda qonun ustuvorligi mustahkamlandi. Eng muhimi, olib borilayotgan islohotlar samarasini har bir mahalla va xonadon hayotida sezish mumkinligi qayd etildi.

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakat tarixida ilk bor yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, nufuzi va xalqaro reytinglardagi o‘rni izchil mustahkamlanib bormoqda.

Murojaatnomada aholi farovonligini oshirish va biznesni rivojlantirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yaxshilash borasida 2025-yilda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Xususan, mamlakatda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga qisqargani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlarini mamlakatning muhim muvaffaqiyatlari qatorida alohida e’tirof etdi. Shuningdek, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston bugungi kunda global masalalar muhokama qilinadigan nufuzli xalqaro muloqot maydoniga aylanib borayotgani qayd etildi.

Kelgusi besh yilda iqtisodiyot hajmini 240 milliard AQSh dollaridan oshirish uchun barcha zarur imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari 2026-yilni mamlakatda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Mahalla va yaxshi qo‘shnichilik an’analari jamiyatda ijtimoiy kapitalni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, 2026-yil davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ekologiya sohalarini rivojlantirishda tub burilish yili bo‘lishi qayd etildi.