30.12.2025
Mehr va e’tibor — Yangi yil ruhida
2025-12-30
“Maxsustrans — ishlab chiqarish boshqarmasi” Davlat unitar korxonasida birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan har yili Hayit, Mustaqillik va Yangi yil bayramlari arafasida bayram sovg'alari ulashish an’anaga aylangan. Bu ezgu tashabbus jamoamizda mehr-oqibat, insonparvarlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlaydi. Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 nafar xodimga oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar uchun bayramona sovg'alar taqdim etildi. Shuningdek, avtotransport filiallarida faoliyat yuritayotgan vaqtida baxtsiz hodisa tufayli jarohatlanib,hozirda jarohatlanish nafaqasida bo‘lgan sobiq xodimlarning 11 nafariga ham oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Bu e’tibor ularning mehnatini qadrlash va doimiy qo‘llab-quvvatlashning yaqqol namunasidir.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

