Тариф: С НДС 8400 сум
image 2026-01-06

Faoliyatimiz ko'rsatkichlari

“Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” Davlat korxonasi bayram va dam olish kunlarida ham o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettirdi. Dam olish kunlari aholidan chiqadigan maishiy chiqindilar hajmining sezilarli darajada ortishi inobatga olinib, sanitar tozalash ishlari kuchaytirilgan rejimda tashkil etildi. Barcha maxsus texnikalar va ishchi kuchi to‘liq safarbar etilib, katta hajmdagi maishiy chiqindilar belgilangan jadval asosida yig‘ib olindi va Ohangarondagi markaziy chiqindi poligoniga olib borilishi ta’minlandi. Xususan:

  • 31.12.2025yil — 2380,1 tonna
  • 01.01.2026yil — 1475,3 tonna
  • 02.01.2026yil — 2196,9 tonna
  • 03.01.2026yil— 2415,2 tonna
  • 04.01.2026yil— 2098,8 tonna miqdordagi chiqindilar yig‘ib olindi.