"Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" Davlat korxonasi rahbariyati tomonidan bugun Yashnobod tumani Katta Yangiobod mahallasi binosida fuqarolar va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida mazkur hududda chiqindilar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaat va takliflar tinglandi.
Asosan aholi tomonidan to‘lovga oid savollar berilib, mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.


