Bugun "Maxsustrans" ishlab chiqarish boshqarmasi Davlat korxonasi rahbariyati tomonidan Uchtepa tumani "Sharq yulduzi" mahallasida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida aholi maishiy chiqindilarni to‘plash uchun qo‘shimcha konteynerlar o‘rnatish, shuningdek, chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha savollar bilan murojaat qildi. Har bir murojaat mas’ul mutaxassislar tomonidan diqqat bilan tinglanib, fuqarolarga zarur huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.




