Bugun "Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat unitar korxonasi rahbariyati tomonidan Sergeli tumani Nurhayot mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida mahalla ahli bilan ochiq va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ishtirokchilari korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan to‘liq mamnun ekanliklarini ta’kidlab, ularga ijobiy baho berishdi. Aholi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar oldi, shuningdek, ekologik vaziyatni yaxshilash va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan bir qator takliflarni bildirdi. Bildirilgan tashabbuslar korxona mutaxassislari tomonidan diqqat bilan o‘rganilib, kelgusida amalga oshirish uchun ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.



