"Maxsustrans" boshqarmasi va "Yunusobod - Maxsustrans" ATF filiali vakillari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Yunusobod tumani Usta Shirin mahalla binosida fuqarolar va yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan qabulda hududdagi chiqindilar bilan bog'liq masalalar ko'tarildi.
Jumladan, to'lovlar masalasi, chiqindi yig'ish maydonlaridagi sanitar xolatni yaxshilash bo'yicha takliflar eshitildi va zaruriyat yuzasidan bog'lanish mumkin bo'lgan kontakt ma'lumotlari berildi.



