Bugun Shayxontohur tumanidagi "O‘rda" mahallasida sohaga oid savol va takliflarni o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda tuman aholisi, tibbiyot birlashmalari vakillari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari hamda tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolarning sanitariya sohasi bilan bog‘liq muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Sayyor qabullar aholi muammolarini bevosita o‘rganish, ularni tizimli hal etish, shuningdek, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi.



