"Mahallalarda obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani "Bahor" mahallasida joylashgan 23-sonli qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish maydonchasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Maydon zamonaviy talablar asosida to‘liq yangilandi. Bu yerda quyosh panellari va zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, hududning sanitariya holatini kecha-yu kunduz nazorat qilish, chiqindilar bilan bog‘liq qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish samaradorligini oshirish va infratuzilma obyektlarining xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va toza shahar muhitini yaratishga, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Poytaxt hududidagi chiqindi yig‘ish maydonchalarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari rejali ravishda davom ettirilmoqda.

