Joriy yilning 25-avgust - 5-sentyabr kunlari mamlakatimizda "Dolzarb 10 kunlik" aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘n kun davomida respublikaning barcha hududlarida, jumladan, jamoat joylari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, ko‘chalar va boshqa obyektlarda chiqindilardan tozalash tadbirlari amalga oshiriladi. Shu bilan birga, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
