Qonunchilikka muvofiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning eng kam davriyligi:
Chiqindi yig‘ish punktlaridan - sutkada kamida 1 marta;
Yakka tartibdagi turar-joy sektoridan "signal" usuli bo‘yicha - 3 kunda kamida 1 marta.
— Asos: https://lex.uz/docs/4191475
Bunda chiqindilarni olib chiqib ketish grafigi mahalla bilan kelishilgan holda belgilanadi. Maishiy chiqindilarni vaqtincha saqlash muddati belgilangan sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena normativlaridan oshmasligi muhimdir. Ushbu talablarga rioya qilish aholi salomatligini muhofaza qilish, hududning sanitariya holatini saqlash va shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.
