"Mahallalarni chiqindilardan xoli hududga aylantiramiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan ekologik aksiya doirasida Mirobod tumanidagi Saraqul mahallasida keng ko‘lamli sanitar tozalash ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida fuqarolar tomonidan maishiy, shuningdek, qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga noqonuniy tashlash holatlari aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan mas’ul xizmatlar tomonidan tezkor ravishda tegishli choralar ko‘rilgan. Aniqlangan barcha chiqindilar belgilangan tartibda maxsus poligonlarga tashib ketildi. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va takroriy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


