Eng muhim davlat bayramlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni arafasida uni munosib va tantanali kutib olish maqsadida toza, obod va estetik jihatdan jozibador muhitda maishiy chiqindilarni to‘plash maydonchalarida joriy ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida chiqindi to‘plash maydonchalarini yangilash va tartibga keltirish, ularning sanitariya holatini yaxshilash, shuningdek, belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish aholi punktlarini obodonlashtirish darajasini oshirish va ularga bayramona, orasta qiyofa berishga qaratilgan.


