19-21 iyun kunlari Toshkentda ilk bor "Eco Expo Central Asia" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu keng ko‘lamli tadbir ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi ilg‘or ishlanmalar, innovatsion yechimlar va zamonaviy texnologiyalarni namoyish etish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda. Ko‘rgazma doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar va texnologiyalar taqdim etiladi:
ekologiya sohasi uchun sun’iy intellekt sohasidagi yechimlar;
suv tejovchi texnologiyalar;
yashil energetika va qayta tiklanadigan energiya manbalari;
ekoturizm sohasidagi loyihalar;
clean-tech texnologiyalari va ekologik innovatsiyalar.
Bundan tashqari, tadbir dasturi ishbilarmonlik uchrashuvlari, B2B muzokaralari, ekspert panel muhokamalari, taqdimotlar, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmalarni o‘z ichiga oladi.
