Jismoniy shaxslar uchun maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qilamiz. Yangilangan shartlar tashkilotning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan bo‘lib, barcha iste’molchilar tanishib chiqishlari mumkin.
Amaldagi ommaviy shartnomaga muvofiq quyidagi qoidalar belgilangan:
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oylik to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilar SMS-xabarnomalar orqali xabardor qilinadi.
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar sifatsiz ko‘rsatilgan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Ommaviy shartnomaning nusxasi xizmat ko‘rsatiladigan tumandagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuboriladi.
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnomalarni tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori talablari asos qilib olinadi.
