Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari iqtisodiy asoslangan asosda shakllantiriladi va belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan bosqichma-bosqich tasdiqlanadi.Tariflarni shakllantirish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxi, ishlab chiqarish va foydalanish xarajatlari, shuningdek, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kabi omillar hisobga olinadi. Bu jarayon alohida shaxs yoki tashkilotning qaroriga bog‘liq bo‘lmay, amaldagi qonunchilik, iqtisodiy tahlil va me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Korxona xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyillari asosida amalga oshiradi. Shu munosabat bilan daromadlar va xarajatlar balansi asosan aholining to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllanadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-sentyabrdagi PQ-149-son qarori. Tariflarning shaffof va asosli shakllantirilishi sanitar tozalash tizimining barqaror ishlashiga va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga xizmat qiladi.
