Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan maqolada Toshkent viloyatining Zangiota va Farg‘ona viloyatining Quva tumanlarida maishiy chiqindilarni tashish xizmati samaradorligi hamda aholining yangi to‘lov tartibiga munosabati yoritilgan.
Biroq, ushbu hududlar "Maxsustrans" DUKning xizmat ko‘rsatish hududiga kirmasligi, korxona chiqindilarni tashish bo‘yicha faqat Toshkent shahri aholisi va yuridik shaxslariga xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq o‘rganilmagan. Natijada maqolada "Maxsustrans" faoliyati ushbu hududlarda sifatli tashkil etilmagan, degan fikr shakllangan. Shu o‘rinda ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilib, har qanday mavzuni yoritishda mutanosiblik tamoyiliga amal qilish, mavjud vaziyatni har tomonlama o‘rganib, xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyatiga oid aniq ma’lumotlarga tayanish zarurligini ta’kidlamoqchimiz.
