Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida "Maxsustrans" DUKda bahor, go‘zallik va ayollarga hurmat bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari ayol xodimlarni 8-mart bayrami bilan tabriklab, ularning halol mehnati, yuksak kasbiy mahorati va korxona rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Xotin-qizlar "Maxsustrans" faoliyatida muhim o‘rin tutib, o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarib, poytaxtimizning ozodaligi va obodonligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
Xodimlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, baxt-saodat, bitmas-tuganmas g‘ayrat va kasbiy faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilab, samimiy tilaklar bildirildi. Ayollarga bayramona ruhda esdalik sovg‘alari va gullar topshirildi.
Tadbir samimiy va do‘stona muhitda o‘tib, ishtirokchilarga ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ular va bayramona kayfiyat ulashdi.



