Xabaringiz bor, bugun soat 20:00 da "Bunyodkor" stadionida Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tadi! Eslatib o‘tamiz, konsert davomida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan "Maxsustrans" sanitar tozalash korxonasi bilan hamkorlikda "Bunyodkor" stadionining 4 ta kirish va chiqish joylariga 1100 litr sig‘imli 20 ta konteyner (har bir kirish/chiqish joyiga 5 tadan) o‘rnatiladi, stadion ichida esa 7 tonna hajmdagi chiqindilarni olib chiqish uchun maxsus texnikalar joylashtiriladi.
Shu munosabat bilan sizdan quyidagi tozalik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz:Stadion va jamoat joylarida chiqindilarni qoldirmaslik, ularni faqat maxsus belgilangan joylarga - axlat qutilari va konteynerlarga tashlashingizni so‘raymiz!


