O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ommaviy shartnoma-oferta asosida ko‘rsatiladi.
Shartnoma "TOZA XUDUD" platformasida shakllantiriladi va soliq to‘lovchining my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Tasdiqlanmagan taqdirda shartnoma avtomatik ravishda kuchga kiradi.Ilgari qog‘oz shaklida tuzilgan shartnomalar o‘z kuchini yo‘qotadi. 2025-yildan boshlab yangi tartibda shartnoma tuzmagan tashkilotlarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilishi mumkin. Hurmatli hamkorlar, tegishli shartnomalarni oldindan va belgilangan tartibda tuzishni ta’minlashingizni so‘raymiz.
