"Maxsustrans - Ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasining tuman filiallarida doimiy ravishda mehnat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qoidalariga rioya etishga qaratilgan profilaktika va tushuntirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida xodimlarga xavfsizlik texnikasi talablari, maxsus texnikadan xavfsiz foydalanish tartibi, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi batafsil tushuntirilmoqda. Har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ish joylarida xavfsiz mehnat madaniyati, hushyorlik va intizomni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yo‘riqnomalar va profilaktik suhbatlarni muntazam o‘tkazish baxtsiz hodisalarning oldini olishga, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga hamda ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi. Xavfsizlik har bir kishining mas’uliyatidan boshlanadi. Shuning uchun ham korxona faoliyatida mehnatni muhofaza qilish talablari va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.



