Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi bilan chora ko‘rilmoqda. Jami 1 848 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Shundan:
- 1 709 ta holat - 3 martadan 7 martagacha takrorlangan huquqbuzarliklar
- 100 ta holat - 8 martadan 12 martagacha
- 39 ta holat - 13 martadan 23 martagacha
Tumanlar kesimida:
- Eng ko‘p qoidabuzarlik Yashnobod tumanida qayd etilgan - 413 ta (shundan 385 tasi takroran).
- Keyingi o‘rinlarda Sergeli - 329 va Olmazor - 269 tumanlar joylashgan.
- Eng kam qoidabuzarlik Bektemir tumanida sodir etilgan (17)
Shunisi e’tiborga loyiqki, muntazam ravishda qonunbuzarlik holatlari qayd etilmoqda — ayrim fuqarolar o‘nlab marotaba yo‘l qo‘ymoqdalar. Eslatib o‘tamiz: qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash huquqbuzarlik hisoblanadi.Ushbu qoidabuzarliklar uchun jarima choralari qo‘llaniladi.
