"Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi tomonidan sohaga oid muammolarni bevosita joylarda o‘rganish, ularni tezkor hal etish, shuningdek, aholiga zarur maslahat va tavsiyalar berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbus fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, chiqindilarni olib chiqish va sanitariya xizmati bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish hamda joyida amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Poytaxt aholisi tegishli rejada ko‘rsatilgan tasdiqlangan jadvalga muvofiq sayyor qabullarda ishtirok etishlari mumkin. Sayyor qabullar davomida fuqarolarning murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, soha mutaxassislari tomonidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.

