Bugun "Maxsustrans" DUKda korxona ayol xodimlari ishtirokida gender tenglikni ta’minlash va ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Mavzudagi tadbir doirasida "Jamiyatda gender tengligi" loyihani amalga oshirish guruhining gender masalalari bo‘yicha mutaxassisi bilan mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Gender tenglik sohasidagi davlat siyosati, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va hayotning barcha sohalarida teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari sohadagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar bilan ham tanishtirildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi, unda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, fikr almashish va mehnat jamoasida gender madaniyatini yanada takomillashtirish va teng huquqlilik tamoyillarini mustahkamlashning muhim jihatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va muhitni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.

