Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni tezkor aniqlash maqsadida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahri hududida 6 ta zamonaviy onlayn videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ishga tushirildi. Kameralar poytaxtning quyidagi mahallalarida joylashtirilgan:
Olmazor tumani "Chimboy" MFY;
Chilonzor tumani "Zarqo‘rg‘on" (16-mavze);
Chilonzor tumani "Diyor" (8-mavze)
Yangihayot tumanidagi "Fayzli";
Sergeli tumanidagi "Sadoqat";
Yunusobod tumani "Hamkorobod".
Zamonaviy kameralar 360 daraja atrofni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu atrof-muhitni doimiy monitoring qilish va belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash hamda boshqa ekologik huquqbuzarliklarni qayd etish imkonini beradi.
Olingan ma’lumotlar qoidabuzarlarni tezkor aniqlash, huquqbuzarlik holatlarini hujjatlashtirish va amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rishga yordam beradi.


