Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan 2025-yil 20-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha respublika hududida "Dolzarb 20 kunlik" deb nomlangan keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya tozaligini ta’minlash tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Aksiyaning asosiy maqsadi ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi punktlarining sanitariya holatini yaxshilash, shuningdek, atrof-muhit musaffoligini saqlash masalalariga jamoatchilikni jalb etishdan iborat. Belgilangan vazifalarga muvofiq, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzurida respublika ishchi shtabi tashkil etilgan bo‘lib, u mamlakatning barcha hududlarida tadbirlarni o‘tkazishni muvofiqlashtiradi. Aksiya doirasida sanitariya-tozalash korxonalari tomonidan hududlarni qattiq maishiy chiqindilardan tozalash, tartibsiz chiqindixonalarni bartaraf etish, jamoat joylarini obodonlashtirish va aholi punktlarining sanitariya holatini yaxshilash ishlari tashkil etildi.
