Kompromatuzb veb-saytida 2023-yil 18 va 20-yanvar kunlari "Maxsustrans" ishlab chiqarish birlashmasi DUK faoliyati to‘g‘risidagi e’lonlar munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
2021-yilda "Maxsustrans" davlat unitar korxonasida foydalanilayotgan maxsus texnika (chiqindi tashish mashinalari) ni ta’mirlash uchun muhandis-texnik xodimlar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ixtisoslashtirilgan uskunalar yetarli bo‘lmaganligi sababli, ayrim xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida e.tender.uz platformasiga ochiq ariza joylashtirildi. Mazkur jarayon davomida birorta tadbirkorga biron-bir imtiyoz yoki afzallik berilmadi. Barcha manfaatdor tadbirkorlik subyektlari bozor tamoyillari va raqobat asosida savdolarda erkin ishtirok etishlari va buyurtmalarni yutib olishlari mumkin edi.
Nashrlarda ko‘rsatilgan tadbirkorlar faqat tender tartib-taomillari natijalariga ko‘ra tegishli buyurtmalarni olishdi. Butun davr mobaynida o‘tkazilgan tenderlar natijalari yuzasidan boshqa savdo ishtirokchilaridan korxona nomiga birorta ham shikoyat yoki rasmiy e’tiroz kelib tushmagan.
