Tashkilotimiz tomonidan 2025-yilning dastlabki olti oyida sanitariya holatini yaxshilash va chiqindilarni yig‘ish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 12 ta yangi chiqindi to‘plash shoxobchasi qurilib, 30 tasi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, 60 ta punktda kapital ta’mirlash va yana 500 ta obyektda joriy modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 30 ta yangi turdagi modulli konstruksiyalar yangilanib, 1000 dan ortiq individual konteynerlar o‘rnatildi, bu esa aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulaylik darajasi va sifatini oshirish imkonini berdi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.


