Тариф: С НДС 8400 сум
image 2022-11-18

Jarayon

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2022 yil 17 noyabr kuni “Yaxshidan bog‘ qolar” nomli tadbirni o‘tkazdi. Tadbir Toshkent shahar Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasida joylashgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar istiqomat qiladigan zaif eshituvchilar yotoqxonasida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, «Maxsustrans» DUK vakillari va nodavlat notijorat tashkilotlari faol ishtirok etdi. 100 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Yotoqxona atrofi obodonlashtirildi.