Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-02-17

Xizmat ko'rsatiladigan mahallalar qamrovi oshdi.

Toshkent shahar hokimining 2024 yil 20 iyuldagi “Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqib ketish xizmatlarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 462-14-0-Q/24-sonli qaroriga muvofiq, aholi va yuridik tashkilotlarga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʼyicha sifatsiz xizmat koʼrsatayotgan muqobil korxonalar bosqichma-bosqich "Maxsustrans IChB" DKga biriktirilishi belgilangan. Shunga koʼra, joriy yil “Maxsustrans-IChB” DKga muqobil korxonalardan jami 64 ta mahallalar biriktirildi va 16 ta muqobil korxonalar faoliyati tugatildi. Hozirgi kunda "Maxsustrans IChB" DK tomonidan Toshkent shahar hududida 505 ta mahalla toʼliq qamrab olinib, xizmat koʼrsatilishi yoʼlga qoʼyilgan.