Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-03-17

Eko chellenj

 “Qonunlarga rioya qilaman!” eko-chellenjiga qoʻshiling!

Hurmatli yurtdoshlar!
➖Oʻzingizni qanchalik ekomadaniyatli sanaysiz?
➖Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlaysizmi yoki aksincha?
➖Bu borada huquq-majburiyatlaringizni qanchalik bilasiz?
➖Qonunlarga-chi, amal qilasizmi?

Unda albatta eko-chellenjda ishtirok eting!

Bu chellenj orqali biz:
✔️ Aholining qonunlarga amal qilishini qoʻllab-quvvatlaymiz;
✔️ Jamoat joylarida tozalikka rioya qilish madaniyatini targʻib qilamiz;
✔️ Ekologik ongni oshiramiz.

💡 Chellenjda ishtirok etish juda oddiy!
1️⃣Chiqindilarni belgilangan qutilarga tashlash yoki ortiqcha chiqindi chiqarmaslikka oid harakatlarni videoga yoki suratga oling;
2️⃣Uni ijtimoiy tarmoqlarga #OzodaYurt heshtegi bilan joylashtiring;
3️⃣ Xohlovchilar chellenjni davom ettirish uchun kamida 3 doʻstini belgilashi mumkin.

🗓 Eko-chellenj 2025-yil 15-martdan boshlanadi.

🎁 Eng kreativ va ommalashgan post egalari Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi!

📎Keling, birgalikda toza va ozoda muhit yaratamiz!

“Qonunlarga rioya qilaman!” – obod kelajak sari qadam!