25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladi
2025-03-25
Yer soati — bu har yili mart oyining so‘nggida o‘tkaziladigan global ekologik tashabbus bo‘lib, u odamlarni iqlim o‘zgarishi va tabiatni asrash masalalariga e’tibor qaratishga undaydi. Bu kuni butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar, kompaniyalar va tashkilotlar bir soatga yoritish vositalari va elektr energiyasini talab qiladigan asbob-uskunalarni o‘chirishadi. Yer soati birinchi marta 2007-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida Dunyo tabiatni muhofaza qilish fondi (WWF) va mahalliy shahar ma’muriyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Unda 2,2 million odam va 2,000 ga yaqin tashkilot qatnashgan. Tashabbusning katta qiziqish uyg‘otgani sababli, 2008-yilda Yer soati global miqyosda o‘tkazila boshladi va u yil sayin yanada ommalashib bormoqda. Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi. Maqsad — tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoraga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish.
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

