Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-03-25

Reyd davom etmoqda

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari!

Eslatib o‘tamiz, chiqindilarni tartibsiz va belgilanmagan joylarga tashlash holatlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu bois, tegishli xizmatlar tomonidan ushbu holatlarga qarshi nazorat kuchaytirilib, qoidabuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

2025-yil 14–24-mart kunlari davomida quyidagi tashkilotlar tomonidan jami 2263 ta shunday qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, ma’muriy jarimalar belgilandi:

🔹 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi – 54 ta,
🔹 Milliy gvardiya boshqarmasi – 360 ta,
🔹 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi – 152 ta,
🔹 Ichki ishlar bosh boshqarmasi – 1697 ta.

Ushbu ishlar muntazam davom ettiriladi. Har bir fuqaroni shahrimiz tozaligiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqiramiz.Chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlang!