24.09.2025
Tuman filillarida debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha inspektorlarga topshiriq berildi.“Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Prezident Farmoni (PF-56-son, 24.03.2025 y.) qabul qilindi. Farmonga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yoʼnalishlar belgilandi, xususan:
mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030 yilgacha 50 foizga qisqartirish;
yangidan hosil boʼlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʼnaltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish.
2026 yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.
Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30 yil muddatga tashkil etiladi. Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) boʼyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan sugʼoriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʼljallangan yerlar toifasiga oʼtkaziladi.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК