24.09.2025
Tuman filillarida debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha inspektorlarga topshiriq berildi.Xabaringiz bor, ekoinspektorlar har bir ko'cha, har bir mahallani aylanib, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga jarima qo'llamoqda.
Lekin shu o'rinda savol tug'iladi biz faqat jarimalar tufayli ekomadaniyatli bo'lamizmi?
🔘 Ahir shu mahalla, shu ko'cha bizning umumiy uyimiz emasmi?
🔘 Nega uni o'z xoxishimiz bilan asramaymiz?
🔘 Nafas olayotgan havomiz umumiy emasmi?
🔘 Nega faqat qat'iy choralar ko'rilsagina biz o'zimizni nazorat qilishni boshlaymiz?
🔘 Nega biz shunchaki qonunlarni xurmat qiladigan va o'z yurtini sevadigan bo'la olmaymiz??
Suratlardagi uyulib yotgan chiqindilarni davlat yoki biron tashkilot tashlab ketmagan..
Siz, bizga o'xshagan insonlar chiqindilar uchun maxsus joylar va qutilar bor bo'la turib, insonlarni g'ashiga tegadigan ushbu manzaralarni ijod qilishgan.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК