Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-06-05

Kelayotgan ulug‘ ayyom ostonasida — yurtdoshlarimizga murojaat

Yurtimizga qadam qo‘yayotgan muqaddas bayram — poklik va mehr-oqibat timsoli. Shu qutlug‘ kunlar arafasida shahrimiz ko‘chalarini, go‘zal inshootlarimizni, masjidlarimizni pokiza holatda saqlash — barchamizning ezgu burchimizdir. Har bir ko'ngilsiz manzara — bayram shukuhiga soya solishi mumkin. Shuning uchun, iltimos, chiqindilarni o‘z vaqtida, belgilangan joylarga tashlab, ko‘zga ko‘rinadigan joylarni ozoda saqlaylik.

Chunki atrofimiz orasta bo‘lsa, bayramning haqiqiy fayzi bilinadi.

Korxonamiz bayram kunlarida ham shahar obodligi yo‘lida mehnat qilayotgan fidoiy xodimlari bilan faxrlanadi. Ular yurtdoshlarimizga bayramni yuqori ruhda, fayzli muhitda o‘tkazishlari uchun astoydil xizmat qilishda davom etishadi.

Siz azizlardan esa tartib-intizom va mas’uliyat bilan ularning mehnatini qadrlab, qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz.