24.09.2025
Tuman filillarida debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha inspektorlarga topshiriq berildi.Bugun Shayxontohur tumani "O'rda" mahalla fuqarolar yig'inida sohaga oid savollar va takliflarni o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul jarayonida tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar, tibbiyot birlashmalari vakillari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tashkil etilgan ochiq va jonli muloqot davomida aholining sanitar soxaga oid muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar aholining ehtiyoj va muammolarini bevosita eshitish va hal etish, shuningdek, davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК