Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-06-20

 Eco Expo Central Asia 2025

Toshkentda 2025-yil 19–21 iyun kunlari  Eco Expo Central Asia 2025 — Markaziy Osiyoda birinchi yirik xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Ko'rgazmada Yashil transport”, “yashil shaharlar”, “clean-tech”, “eko‑ta’lim”, “sun’iy intellekt va ekologiya”, “barqaror qishloq xo‘jaligi” kabi ko‘plab yo‘nalishlar yoritiladi.

 Bu tadbir Markaziy Osiyoda ilg‘or ekologik texnologiyalar, yechimlar va amaliy tajribalar almashinuvi uchun tashkil etilgan birinchi ixtisoslashtirilgan platforma hisoblanadi.

Tadbir doirasida sun’iy intellekt asosidagi ekologik yechimlardan boshlab suv resurslarini tejash texnologiyalarigacha, yashil energetika, ekoturizm, toza transport, ekomoliya va muhofaza etiladigan tabiiy hududlargacha bo‘lgan keng yo‘nalishlar qamrab olingan.

Bu ko‘rgazma oddiy tadbir emas – bu barqaror kelajak sari intilayotgan global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy sektor vakillarini birlashtiruvchi strategik platformadir.