25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladi
2025-06-25
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasida “Maxsustrans – Ishlab Chiqarish Boshqarmasi” Davlat korxonasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Ko‘rgazma doirasida chiqindilarni boshqarish sohasidagi ilg‘or startaplar, innovatsion texnologiyalar, qayta ishlash uskunalari va “yashil” yechimlar bilan yaqindan tanishildi. Shu bilan birga, mazkur yechimlarni Toshkent shahri infratuzilmasida amaliy joriy etish bo‘yicha xorijiy investorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borildi. Bu tashrif “Maxsustrans” korxonasi faoliyatini zamonaviylashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Eco Expo-2025 xalqaro ko'rgamasi doirasida chiqindilarni boshqarish sohasi rivojiga doir 40 dan ortiq kelishuv imzolandi.
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

