24.09.2025
Tuman filillarida debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha inspektorlarga topshiriq berildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, mamlakatimizda ichki turizmni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu doirada qabul qilingan “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm dasturi bo‘yicha amaliy rejalar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Mazkur siyosatning amaliy ifodasi sifatida, “Maxsustrans – Ishlab Chiqarish Boshqarmasi” Davlat korxonasi Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan korxona xodimlari uchun Xorazm viloyatiga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Ushbu tashabbus xodimlar mehnatini qadrlash, ularning samarali hordiq chiqarishini ta’minlash, madaniy saviyasini oshirish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sayohat davomida jamoa a’zolari Xiva shahrining betakror me’moriy obidalari, qadimiy tarixiy yodgorliklari, xalq amaliy san’ati namunalarini ko‘zdan kechirdilar hamda Xorazm zaminining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday tashabbuslar nafaqat mehnatkashlarning kayfiyatini ko‘taradi, balki ularni vatanparvarlik, o‘z tarixiga va an’analariga bo‘lgan hurmat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК