25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladi
2025-08-22
Vazirlar Mahkamasining 95-sonli (06.02.2019y.) Qaroriga ko'ra, quyidagi chiqindilarni olib chiqib ketish alohida to‘lov evaziga amalga oshiriladi:
▪️suyuq maishiy chiqindilar;
▪️yirik gabaritli maishiy chiqindilar;
▪️chorvachilik chiqindilari;
▪️qurilish chiqindilari va tuproq;
▪️daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar va smyot.
Mazkur turdagi chiqindilarni maishiy chiqindilarga aralashtirish yoki belgilanmagan joylarga tashlab ketish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Shu bois bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun fuqarolar o‘zlari yashab turgan hududdagi "Maxsustrans" korxonasining tuman filiallariga murojaat qilib, shartnoma asosida ushbu chiqindilarni topshirishlari mumkin. Ushbu turdagi chiqindilar alohida to'lov evaziga maxsus texnikalarda olib ketilib, belgilangan tartibda utilizatsiya qilinadi.
Xizmat narxlari va umumiy xisob-kitoblar batafsil rasmiy saytning "Xizmatlar" bo'limida ko'rsatilgan.
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

