Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-08-26

Dolzarb 10 kunlik

Joriy yilning 25-avgustidan 5-sentyabrga qadar yurtimizda "Dolzarb 10 kunlik" tadbirlari bo'lib o'tadi.

10 kun davomida respublikadagi barcha jamoat joylari, bog‘lar, xiyobonlar, ko‘chalar va boshqa hududlar chiqindilardan tozalanadi. Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga alohida e'tibor qaratiladi.

Tozalik tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi 16-son Farmonida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash hamda atrof-muhitni ozoda saqlash maqsadida tashkil etilmoqda.