24.09.2025
Tuman filillarida debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha inspektorlarga topshiriq berildi.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlash doirasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlarimizga e’tibor ko‘rsatish maqsadida qator ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida korxonamizda uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqaga chiqqan hamda hanuz o‘z tajribasi va mehnati bilan korxona rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar e’tibordan chetda qoldirilmadi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogiron farzandini tarbiyalayotgan ota-onalar, hamda yolg‘iz boquvchilarning ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida 100 nafar xodimga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Bu kabi ezgu amaliyotlar nafaqat xodimlarimizning moddiy farovonligini ta’minlashga, balki ularning qalbida bayramona ko‘tarinkilik, mehr va e’tibor tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК