29.09.2025
Diqqat e'lon!!!Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ommaviy shartnomalarga o'zgartirish kiritilganini va tashkilotning rasmiy veb sahifasiga joylashtirilganini ma'lum qilamiz.
Amaldagi ommaviy shartnomaga muvofiq,
- ko'rsatilgan xizmatlar uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan Iste’molchini SMS orqali xabardor qilib borish;
- maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilganda yoki xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda belgilangan tartibda qayta xisob-kitob qilish;
- ommaviy shartnoma nusxasini xizmat koʻrsatiladigan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuborish belgilangan.
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bo'yicha ommaviy shartnomalarni rasmiylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori talablari asos qilib olinadi.
Ommaviy shartnomaning namunaviy nusxasi bilan ushbu saytning "Shartnomalar" bo'limida tanishishingiz mumkin.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК