03.12.2025
Chiqindilarni olib ketish xizmatiga to'lov qilishni unutmang!!!
2025-10-02
Ko'pchilikda "Maxsustrans Ishlab Chiqarish Boshqarmasi" Davlat Korxonasi viloyatlarda ham xizmat ko'rsatadi degan noto'g'ri tushuncha mavjud.
Aslida, bizning tashkilotimiz faqat Toshkent shahrida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Toshkent shahrining ayrim hududlarida va boshqa viloyatlarda biriktirilgan xususiy sanitar tashkilotlar mavjud. Bu hududlarda to'plangan chiqindilarni olib ketish mavjud sanitar tashkilotlarning vazifasi xisoblanadi.
Agar siz poytaxtdan tashqarida yashasangiz va sizga qaysi sanitar tashkilot xizmat ko'rsatishini bilmasangiz, unda 1205 yoki 1275 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

