25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladiToshkent shahar Olmazor tumani “Ibrohim ota” mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda “Maxsustrans IChB” DK boshqarma vakillari hamda “Olmazor-Maxsustrans” filiali rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir davomida chiqindilarni olib chiqish, tozalikka oid xizmat ko‘rsatish sifati va infratuzilmani yaxshilash masalalarida 10 nafarga yaqin fuqaroning taklif va murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabullar nafaqat muammolarni joyida hal etish, balki aholining fikrini eshitish, ularning ehtiyoj va tashabbuslarini inobatga olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida davlatimiz rahbari boshchiligida inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

