Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-10-21

Bir kunda chiqindi bilan bog‘liq 400 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

Prezidentimiz tomonidan e'lon qilingan "Tozalik va ozodalik oyligi" doirasida O'zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy Gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi va "Mahalla yettiligi" vakillaridan iborat ishchi guruhi joylarda ekologik huquqbuzarliklarga qarshi reydlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning          16-oktabr kuni respublikaning barcha hududlarida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 443 holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan jami 310,34 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 1095 korxona va fuqarolar bilan atrof-muhitni ifloslantirmaslik borasida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, hududlarda to'planib qolgan chiqindilar bartaraf etildi.